Yirik savdo tarmoqlari bayram arafasida narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha ogohlantirildi
Illyustrativ foto
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi yirik savdo tarmoqlarini Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash muhimligi toʻgʻrisida ogohlantirildi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit” kabi savdo tarmoqlari ogohlantirilgan.
Yangi yil bayrami arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha chakana savdo tarmoqlariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni oʻzgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar toʻgʻrisida Qoʻmitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari boʻyicha koʻrsatmalar yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring