Yil boshidan tadbirkorlik, sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish kabi sohalarda 2 million aholining doimiy bandligi taʼminlandi

17:41 15 Dekabr 2022 Siyosat
1322 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda kun tartibidagi asosiy masala – aholini daromadli mehnat bilan band qilish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yil boshidan tadbirkorlik, sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish kabi sohalarda 2 million aholining doimiy bandligi taʼminlandi. Bundan tashqari, 4 milliondan ziyod aholi mavsumiy mehnat orqali daromadli boʻldi. Jumladan:

— oilalarga dehqonchilik uchun tarqatilgan 100 ming gektar yerlarda, 1 million 200 ming aholi doimiy va mavsumiy band boʻldi.

— hududlarda korxonalar 85 mingtaga koʻpayib, ularning soni 550 mingtaga yetdi. Buning hisobiga 2022-yilda daromad soligʻi toʻlayotgan rasmiy band boʻlganlar soni 400 mingtaga oshdi. Shuningdek, 3,5 mingta sanoat loyihasi ishga tushirilib, 160 mingta doimiy ish oʻrni yaratildi;

— Yangi Oʻzbekiston massivlari qurilayotgani, ipoteka va qurilish bozori kengaygani hisobiga bu yilning oʻzida 4,5 mingta yangi qurilish korxonasi tashkil etildi va 135 ming doimiy ish oʻrni yaratildi;

— turizm va servis sohalarida yirik xizmat koʻrsatish markazlari ishga tushgani, servis-savdo koʻchalari, turizm qishloqlari tashkil qilingani, ijtimoiy soliq 1 foiz qilingani, ish vaqtiga cheklovlar olib tashlangani hisobiga 1,5 million aholi qoʻshimcha daromadli boʻldi;

— yoʻlovchi tashish, riyeltorlik, duradgorlik, kulolchilik, uyda sut mahsulotlari tayyorlash kabi 79 ta faoliyat turi boʻyicha oʻzini oʻzi band qilish imkoniyati yaratilgani natijasida bu yili 914 ming nafar fuqaro roʻyxatdan oʻtib, oʻzini oʻzi band qilganlar soni 2 millionga yaqinlashdi.

Yaqinda Sirdaryo, Navoiy va Fargʻona viloyatlari hokimlari hisob-kitoblar bilan keyingi yilda “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish boʻyicha oʻziga majburiyat oldi.

Boshqa viloyat, tuman va shahar hokimlari ham 20-dekabrgacha kelgusi yil aholini band qilish dasturini qabul qilishi shartligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер