Jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilmoqda
Yigʻilishda jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani taʼkidlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 32 foizi oʻgʻrilik va firibgarlik hisoblanadi.
Ushbu toifadagi jinoyatlarning eng koʻpi Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida qayd qilingan.
Yoshlar jinoyatining har yettinchisi guruh tarkibida sodir qilingan, 1 ming 100 nafar yoshlar takroran
jinoyatga qoʻl urgan.
«Eʼtibor bering, yoshlar jinoyatchiligining katta qismi nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinmoqda.
Eng achinarlisi, voyaga yetmaganlar ichida oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlari ham bor», - dedi davlat rahbari.
Bu borada viloyatda ham, respublikada ham eng yomon ahvol Qoʻqon shahrida ekani koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring