Jetour: Yangi krossoverning narxlari maʼlum boʻldi

18:13 17 Oktyabr 2024 Iqtisodiyot
1777 0

Bugun yangi “Jetour T2” yoʻltanlamas taqdimoti boʻlib oʻtmoqda. Unda “Xalq soʻzi” muxbiri ishtirok etmoqda.

Unga koʻra, Jetour T2ning maksimal versiyasi (2.0TGDI luxury) 2,0 litrli turbo dvigatel, rejimlarni aqlli boshqarish va differensial blokirovkalash xususiyatiga ega “BorgWarner XWD” bilan jihozlangan. 6+X rejimdagi aqlli boshqaruv tizimi yoʻl sharoitlarini avtomatik ravishda aniqlab, haydovchiga bir tugmani bosish orqali Oʻzbekiston yoʻnalishlariga oson moslashish va yoʻldan tashqari sarguzashtlardan bahramand boʻlish imkonini beradi. Ushbu versiyaning narxi 535 million soʻm deb eʼlon qilindi.

Jetourʻning 1.5TGDI comfort versiyasi esa 468 million soʻm deb baholangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?