Izlagan hovlisida ham imkon topadi

12:19 10 Aprel 2025 Jamiyat
184 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Daromad topish uchun uydan chiqish shart emas. Buning uchun mavjud imkoniyatdan unumli foydalanishning oʻzi kifoya. Shahrixon tumanidagi “Yangi” mahallasida yashovchi Muhammadjon Bekmirzayevni olaylik. U oʻzining hovlisida qoramol boqishni yoʻlga qoʻydi-yu, ishlari avvalgidan ham yurishib ketdi.

— Hozirda boʻrdoqilar soni 30 boshga yetdi, — deydi M. Bekmirzayev biz bilan suhbatda. — Ularni oʻz vaqtida parvarishlash ham alohida eʼtiborni talab etadi. Shu bois kichkinagina fermamizda oila aʼzolarimiz bilan birgalikda faoliyat yurityapmiz. Natijada ichki bozorga bir yilda oʻrtacha 8-10 tonna goʻsht mahsuloti yetkazib beryapmiz.

Xalqimizda: “Mehnatdan kelsa boylik turmush boʻlar chiroylik”, degan naql bor. Muhammadjon ham oʻz mehnatining rohatini koʻrayotganlardan biri, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер