Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmang!
Oʻzbekistonda Prezident nomidan foydalangan holda firibgarlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar soni ortmoqda.
Balki buni siz ham payqagan boʻlsangiz kerak. Hozirda Internet ijtimoiy tarmoqlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoki Prezident Administratsiyasi nomidan pul mablagʻlarini taklif qiluvchi turli xil Telegram sahifalari, guruhlari hamda kanallari koʻpaymoqda.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga zid noqonuniy faoliyat hisoblanadi.
Xoʻsh, bunday firibgarlar qanday ishlaydi?
Ijtimoiy tarmoq firibgarlarining hammasi deyarli bir xil koʻrinishda ishlaydi. Ular odamlarga turli sahifalardan muloyimlik bilan yordam taklif qilib, pul mablagʻlarini olish uchun havola yoʻllashadi.
Ularning saytiga oʻtishingiz bilan sizdan shaxsiy maʼlumotni (pasport, plastik karta va boshqalar) kiritishingizni soʻraydilar. Shu tariqa odamlar firibgarlarning xiylalarini sezmasdan ularning tuzogʻiga tushib qolishadi.
Keyinchalik mazkur maʼlumotlar orqali odamlarning plastik kartalaridagi mavjud mablagʻlarni oʻz hisob raqamlariga oʻtkazadilar. Aslida esa foydalanuvchilarning oʻzlari oʻz xohishi bilan pullarini firibgarlarga berayotgan boʻladi va albatta, bu pullarni qaytarishning deyarli iloji qolmaydi.
Bunday firibgarlik faoliyati bilan shugʻullanishning huquqiy oqibatlari qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) boʻyicha bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun firibgarlarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bunday firibgarliklarning oldini olishda qanday yordam berish mumkin?
Birinchi navbatda, agar sizga firibgarlar tomonidan shunday xabar kelgan boʻlsa, befarq boʻlmasdan darhol barcha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV fuqarolar murojaatlari bilan shugʻullanuvchi boʻlimning “102” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib masul xodimlarga yetkazing.
Shunday qilib, siz huquq-tartibot idoralari xodimlariga jinoyatchilarni tezroq topishiga va boshqa shaxslarni ham pul mablagʻlarini yoʻqotishdan himoya qilishda amaliy yordam bergan boʻlasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Afrika pingvinlari 2036-yilga borib, baliq tanqisligi sabab yoʻqolib ketishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring