Ijtimoiy tarmoqlarda NAH virusini yuqtirganlar koʻpayib bormoqda — Alisher Qodirov

01:51 23 Iyul 2021 Jamiyat
1715 0

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov shaxsiy sahifasida ijtimoiy tarmoqlarda NAH virusini yuqtirganlar koʻpayib borayotgani haqida yozdi.

Qodirovga koʻra, nafrat, adovat va hasad kombinatsiyasidagi virus inson qalbi va yuzini qoraytirib, shaxsni oʻziga ishonchini zaiflashtirib, hatto oʻz nomini ham unuttirib yuboradi, deyilmoqda.

Xastalanganlarni ijtimoiy tarmoqlardagi izohlaridan bilib olish mumkin: nafrat, adovat va haqorat baqirib turadi.

Bu virusni fikrlar emas, nomlar jazavaga keltirishi aytilmoqda.

Vaksina topilguncha, xastalikni avj oldirmaslik uchun ularni oʻqimaslik, ular bilan muloqotni toʻxtatish va yakkalab turish tavsiya qilinmoqda.

Hali virusni yuqtirmagan negativchilarga…

Hech kim mukammal emas, xato soʻz, xato fikr, xato xulosa… hech kim xatodan kafolatlanmagan. Fikrni xato yoki toʻgʻri ekanligini tahlillar, muqobil fikr, toʻgʻri tanqid va munosabatlarda aniqlash mumkin. Aql egalari muhokamada tortishadilar, xatolarini tan oladilar va xulosa qiladilar.

Shaxsan men, bunday muloqot uchun doimo minnatdorman.

Baraka topgur negativchilar, oʻzingizni asrang. Muhokamaga idrok va sabringiz yetmaydimi, oʻzingizni bunchalar yerga urmang.

Eng yaxshisi, yoqmagan nom sahifasini oʻqimang, izoh yozmang, sahifadan chiqib keting, tamom, kasallanish ehtimolingiz keskin kamayadi”, deb yozadi Qodirov.

Shuningdek, partiya rahbarining qoʻshimcha qilishicha, nomimni oʻzgartirib, sms yoki messenjerda tahdid qilsam, hech kim meni topolmaydi, deb oʻylaydigan, xastalikning murakkab darajasiga yetib kelganlar ham yoʻq emas.

Bu darajaga yetib kelganlarni 50 million soʻmgacha «renimatsion retsept» yoki 3 oygacha majburiy yakkalash orqali davolash koʻzda tutilgan.

“Xastalanganlar ham vatandoshlarimiz. Ularga tuzalish uchun yordam beraylik”, deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер