Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi
Bugungi kunda davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlari 170 dan ortiq xizmatlar va yordamlarni qamrab olgan boʻlib, ushbu xizmatlar 6 ta vazirlik tomonidan bir-biridan tarqoq tarzda faoliyat olib bormoqda.
Aholiga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini joriy qilish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri ogʻir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi boʻlgan aholi bilan manzilli ishlashni tashkil qilishdan iborat boʻlib, aholining 31 ta toifasiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etadi.
Xususan:
— keksa yoshdagi shaxslar va qariyalar;
— oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslar;
— nogironligi boʻlgan shaxslar;
— kam taʼminlangan oilalar;
— zoʻravonlikka uchragan shaxslar;
— nogiron farzandlari boʻlgan oilalarga va ota-onasining biri nogiron boʻlgan bolalar;
— vasiylikka olingan oilalar;
— yetim va chin yetim bolalar;
— alohida taʼlim-tarbiyaga muhtoj shaxslar ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.
Agentlik tomonidan aholiga quyidagi asosiy ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatiladi:
— kam taʼminlangan oilalarga hamda mehnatga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordamlar berish;
— keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar hamda mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
— aholini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash;
— nogironligi boʻlgan shaxslarni imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishini taʼminlash;
— nogironligi boʻlgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish;
— ogʻir ijtimoiy oilalar bilan ishlash;
— ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish;
— tazyiq va voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish;
— yetim va chin yetimlar bilan manzilli ishlash;
— ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarini koʻrsatish.
Agentlik tarkibiga quyidagi tashkilotlar bosqichma-bosqich oʻtkaziladi.
Jumladan:
2023-yil 15-iyundan boshlab:
— Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
— Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari;
— Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari hamda uning hududiy boʻlimlari;
— Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi;
— nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari;
— Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;
— keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring