Italiyada qum olib ketishga uringan sayyohlar 1000 yevrodan jarimaga tortildi

08:46 10 Sentyabr 2020 Dunyo
757 0

Buyuk Britaniyalik sayyoh chamadonida deyarli ikki kilogramm mahalliy qumni olib, ketishga uringani uchun 1000 yevro jarimaga tortildi. Sayyoh qumni Gallura plyajlaridan esdalik uchun uyiga olib ketmoqchi boʻlgan.

Sardiniya hukumati 2017-yilda plyajlardan qum olib ketishni oʻgʻirlik bilan tenglashtirdi va buni taqiqladi. Bu Italiya qirgʻoqlaridagi ekologiyani asrash uchun jamoat nazoratini kuchaytirishning bur turi sifatida qabul qilindi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, soʻnggi uch yil ichida nazorat ancha qattiqlashdi.

Sohillarning xavfsizligi politsiya tomonidan nazorat qilinadi, jamoat aʼzolari, agar sayyohlar qum oʻgʻirlayotganini koʻrsa, rasmiylarga murojaat qilishadi.

Shuningdek, bu yerda qum, tosh va chigʻanoqlarni olib ketishga urinish 500 dan 3000 yevrogacha jarima belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?