Italiyada oʻtkazilayotgan “Salvador Dali asarlari” koʻrgazmasida soxta buyumlar namoyish etilayotgani aniqlandi

Italiyaning Parma shahrida oʻtkazilayotgan Salvador Dali asarlari koʻrgazmasida politsiya jami 21 ta haqiqiyligi gumon qilingan buyumlarni musodara qildi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur asarlar “Salvador Dali: sanʼat va afsona oʻrtasida” nomli koʻrgazmada bir necha kun davomida namoyish qilingan.
Ushbu koʻrgazmaga tashrif buyurganlar namoyish qilinayotgan asarlar hamda buyumlarning haqiqiy ekaniga shubha bilan qaragan. Shundan soʻng ishga politsiya aralashgan.
“Muzeylarda oʻtkazilayotgan koʻrgazmada nimadir notoʻgʻri boʻlib tuyuldi. Tekshirish davomida koʻrgazmada namoyish etilayotgan asarlar hamda buyumlarning haqiqiy emasligini aniqladik”, — deydi tergov boshligʻi Diego Pollo.
Politsiya maʼlumotlariga koʻra, musodara qilingan asarlar rasmlar emas, balki gobelen, chizma va gravyuralar kabi qalbaki buyumlar boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Salvador Dali 1904-yil 11-may kuni Ispaniyaning Figueras shahrida tugʻilgan. U oʻzining gʻayrioddiy tasvirlari, orzular va ongsizlikni aks ettirgan asarlari bilan XX asr sanʼatining eng yirik shaxslaridan biri hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring