Istirohat bogʻidagi noqulayliklar bartaraf etilmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahrida odamlar oilaviy hordiq oladigan “Yoshlik” istirohat bogʻi bolalar uchun moʻljallangan oʻyin qurilmalari koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday attraksionlarning belgilanmagan joylarga oʻrnatib tashlangani, oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan binolar, bogʻning ayrim qismida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar, antisanitariya holatlari noqulaylik tugʻdirib, dam oluvchilarning koʻnglini xira qilayotgan edi.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev “Yoshlik” istirohat bogʻi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganish jarayonida oʻyin qurilmalarining bir-biriga juda yaqin joylashtirilgani odamlarning erkin harakatlanishiga xalaqit berayotgani, hududdagi baʼzi bino va inshootlar qarovsiz holatga tushib qolgani aniqlandi. Chiqindilar olib chiqib ketilmagani, ayrim daraxtlar suvsizlikdan qurib borayotgani maʼlum boʻldi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, “Yoshlik” istirohat bogʻi maydoni 5 gektar 44 sotixni tashkil qilib, hududga 78 ta oʻyin qurilmasi oʻrnatilgan.
Viloyat rahbari samarqandliklar farzandlari bilan oilaviy hordiq chiqaradigan bogʻning achinarli ahvolga kelib qolgani yuzasidan tanqidiy fikr bildirdi. Qisqa muddat ichida hududni obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash, qurib borayotgan daraxtlarni sugʻorish, odamlarning xavfsizligini taʼminlash, noqonuniy oʻrnatilgan oʻyin qurilmalarini olib tashlash, bogʻni koʻrkam va zamonaviy maskanga aylantirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shu kunlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Yoshlik” istirohat bogʻida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududni zamonaviylashtirish va fuqarolarning dam olishi uchun yanada qulay muhit yaratishga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring