Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot Anqara aeroportiga favqulodda qoʻndirildi
Illyustrativ foto / Transport vazirligi
Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot Anqara aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30-oktyabr kuni HY282 reysi boʻyicha Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida boʻlgan yoʻlovchi oʻzini yomon his qilgan. Shu bois samolyot komandiri Anqara xalqaro aeroportiga qoʻnishni soʻragan.
Toshkent vaqti bilan 10:12 da samolyot Anqara shahridagi aeroportga muvaffaqiyatli ravishda qoʻndirilgan. Shundan soʻng tibbiy xizmatlar yoʻlovchini reysdan tushirib, tibbiyot muassasasiga yetkazgan.
“Toshkent vaqti bilan 13:20 da samolyot Anqaradan Toshkentga uchib ketdi. Samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga 16:10 da yetib kelishi kutilmoqda”, deyiladi “UzAirways” xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring