Istanbulda noqonuniy narkotik moddalarni olib kirishda ayblangan Oʻzbekiston fuqarosi ozod qilindi
Istanbulda Oʻzbekiston fuqarosining ishi yuzasidan sud qarori eʼlon qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, 2025-yil 16-oktyabr kuni Istanbul shahrining Bakirkoʻy tumanida joylashgan ogʻir jinoyatlar boʻyicha 17-sud binosida asli Samarqand viloyatidan boʻlgan 22 yoshli Oʻzbekiston fuqarosining ishi yuzasidan navbatdagi, uchinchi sud majlisi boʻlib oʻtgan.
Ushbu sud jarayonida Bosh konsulxona diplomatlari ham ishtirok etgan. Mazkur ish doirasida fuqaromizga nisbatan noqonuniy narkotik moddalarni olib kirish va ularning aylanmasi bilan bogʻliq ayblovlar koʻrib chiqilgan. Tergov materiallariga koʻra, jami 6 nafar shaxs hamda qidiruvda boʻlgan yana bir necha kishi Yevropa davlatlaridan Turkiya hududiga 30 kg kokain va 800 kg psixotrop moddalarni yuk avtomashinasi orqali olib kirishda ayblangan.
Maʼlum qilinishicha, vatandoshimiz 2023–2024-yillarda ushbu yuk mashinasi turar joyiga yaqin joyda joylashgan yogʻoch quti ishlab chiqarish ustaxonasida ishlagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar operatsiya oʻtkazgan paytda u mazkur hududda boʻlganligi sababli qoʻlga olingan va gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan.
Sud majlisi yakuniga koʻra, sudya ish materiallarini koʻrib chiqib, qamoqda saqlash chorasi bekor qilinishi va vatandoshimizni ozod qilish haqida qaror qabul qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring