“Issiqlik taʼminoti” AJga rais tayinlandi

15:55 02 Aprel 2025 Jamiyat
101 0

Hukumat qarori bilan Ilhom Habibullayevich Toʻrayev “Issiqlik taʼminoti” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar Ilhom Toʻrayev Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va ekspluatatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Maʼlumot uchun, mazkur AJ Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 11-mart kuni imzolagan qarori bilan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan. Bu bilan vazirlikka issiqlik taʼminoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritish yuklangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер