Issiqxona gazlarining chiqarilishi bilan bog‘liq jarayonlar tartibga solinadi
Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Yalpi majlisda “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda iqlim o‘zgarishini oldini olish, uning salbiy ta’sirlarini kamaytirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq bugungi kunda issiqxona gazlari chiqarilishini tartibga soluvchi qonun va normativ baza yaratilmaganligi respublikada issiqxona gazlarining chiqarilishini kamaytirishda iqtisodiy, texnologik va ekologik yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, sohani xalqaro hujjatlar talablari darajasiga yetkazish, uning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Qonunda issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish natijasida hosil bo‘ladigan uglerod birliklari muomalasini amalga oshirishning tartibini belgilash hamda issiqxona gazlari chiqarilishini tizimli nazoratini ta’minlashga e’tibor qaratilgan.
Qonunda issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashning asosiy prinsiplari, uning monitoringi, hisoboti va verifikatsiya tizimi asoslari, tartibi, qisqartirilgan issiqxona gazlariga egalik qilish huquqlari belgilanmoqda.

Senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi Parij bitimiga asosan issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha olingan majburiyatlar O‘zbekiston tomonidan bajarilishini ta’minlashga, mamlakatimizda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishga, atrof muhit va ekologiyani yaxshilash hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan iqlim o‘zgarishi va issiqxona gazlarini qisqartirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini samarali amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Muhokama yakunida ushbu Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.







Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring