Isroilda parranda grippining yuqori patogenli kichik turi aniqlandi

23:50 01 Dekabr 2023 Dunyo
184 0

Foto: Unsplash

Isroil kurkalarida H5N1 parranda grippining xavfli shtammi aniqlangan. Bu haqda “Reuters“ Jahon hayvonlar salomatligi tashkilotiga tayanib yozmoqda.

Quddusning gʻarbiy qismidagi Zora hududida virus tufayli 10 500 parrandadan 43 tasi oʻldirgan.

Bungacha Boshqirdistonda parranda grippi avj olgani tasdiqlangan edi.

Manbaga koʻra, “Bashkir parrandachilik fermasi” infeksiya tarqalishi munosabati bilan oʻz mahsulotlarini olti oy muddatga sotishni toʻxtatmoqda. Kompaniya, shuningdek, sheriklarni yilning 30-iyulidan keyin joʻnatilgan mahsulotlarni olib qoʻyishga va ularni yoʻq qilishga chaqirgan.

Avvalroq, immunolog Nikolay Kryuchkov Rossiya va jahonda parranda grippi pandemiyasi tahdidi va tuxum yetishmasligi haqida ogohlantirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер