Isroil Yamandagi husiylar nishonlariga havodan zarba berdi
Isroil havo kuchlari Yamanda husiylar bilan bogʻliq bir qator obyektlarni nishonga oldi. Armiya maʼlumotiga koʻra, Sana shahridagi prezident saroyi hududida joylashgan harbiy inshoot, shuningdek, guruhni taʼminlash uchun ishlatilgan elektr stansiyalari va yoqilgʻi omborlariga zarba berilgan.
Rasmiy Tel-Aviv bu hujumni husiylarning soʻnggi raketa otishlariga javob sifatida izohladi. Ular 22-avgust kuni birinchi marta kasseta oʻq-dorilaridan foydalangani, ammo Isroil havo mudofaasi raketalarni yoʻq qilgani qayd etildi.
Husiylar nazoratidagi “Al-Masira” telekanali ham elektr stansiyasi va yoqilgʻi omboriga urilgan zarbalarni tasdiqladi. Shu bilan birga, Al Jazeeraning xabariga koʻra, hujumlar oqibatida 6 kishi halok boʻlgan, 86 nafar inson yaralangan. Biroq bu raqamlar mustaqil manbalar tomonidan hali tasdiqlanmagan.
Maʼlumki, 2023-yil kuzida Gʻazo sektorida urush boshlangach, husiylar muntazam ravishda Isroilga dron va raketalar yoʻllab, HAMASni qoʻllab-quvvatlashlarini maʼlum qilib kelmoqda. Isroil esa bunga javob tariqasida Yamandagi guruhning harbiy infratuzilmasi bilan bogʻliq obyektlariga zarba bermoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring