Isroil va Kanadaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi

18:59 28 Fevral 2025 Jamiyat
208 0

Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.R. tanishlari I.K. va U.Sh. bilan “J.I.” MCHJni tashkil etib, 2024-yilning sentyabr oyida 16 nafar fuqaroni Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 74 550 AQSH dollari va 22,5 million soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Boshqa bir holatda, Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.T. fuqarolar X.U. va D.N.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida 44 000 AQSH dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza olib berishini aytib, shundan 8 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?