Isroil politsiyasi turk agentligi fotomuxbirini kaltakladi
Foto: Reuters
Isroil politsiyasi Quddusda Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi fotomuxbiri Mustafo Harufni kaltakladi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea Sharqiy Quddusda yuz bergan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Harufning yonida boʻlgan operator Faiz Abu Rumail ham hujumga uchragan.
Germaniyaning Tel-Avivdagi elchisi Shteffen Zaybert politsiyaning xatti-harakatlarini dahshatli va juda xavotirli deb atadi. “Isroil politsiyasi oʻz fuqarolari xavfsizligi uchun shunday xizmat qiladimi?», — deya izoh bergan diplomat ushbu voqeaga.
Avvalroq, isroillik politsiyachi falastinlik yuk mashinasi haydovchisini shafqatsizlarcha kaltaklagan edi. Maʼlum qilinishicha, mojaro ogʻir yuk mashinasining toʻxtash joyiga notoʻgʻri qoʻyilgani tufayli kelib chiqqan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring