Isroil muxolifati rahbari Netanyahuga tahdid qildi

17:33 20 May 2024 Dunyo
663 0

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gollant Oq uyning Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivanga Rafahdagi operatsiyalarni kengaytirishni maʼlum qildi.

— Biz Rafahdagi quruqlik operatsiyasini davom ettirib, HAMASni yoʻq qilish va asirga olinganlarni qaytarish ishlarini oxiriga yetkazamiz, — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida. BMT qoshidagi falastinlik qochqinlar boʻyicha agentlikka koʻra, Isroil kuchlarining Rafahga kirganidan buyon, yaʼni ikki hafta ichida 800 mingdan ortiq odam hududni tark etgan. Agentlikning qoʻshimcha qilishicha, odamlar xavfsiz joyga qochmoqchi, lekin unaqa joyning oʻzi yoʻq.

“Al-Jazeera” nashrining xabar berishicha, Jabaliya lagerida operatsiya olib borayotgan Isroil kuchlariga qarshi Al-Quds guruhi hujum qilgan. Isroil kuchlari orasida halok boʻlgan va yaralanganlar bor.

Isroil muxolifati rahbari Beni Gans Bosh vazir Benyamin Netanyahu Gʻazoning urushdan keyingi boshqaruvi boʻyicha uch hafta ichida rejalarini maʼlum qilmasa, Isroilning koalitsiya hukumatini tark etishi bilan tahdid qildi. Urush boʻyicha bunday ichki boʻlinishlar hukumatga jiddiy xavf olib kelishi mumkin.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid Jeyk Sallivan bilan HAMAS tomonidan ushlab turilgan asirlarni ozod qilish urushdagi birinchi vazifasi ekanligini taʼkidlagan. Unga koʻra, AQSH va Isroil munosabatlari har qanday hukumatdan kuchliroq va ikki mamlakat oʻrtasidagi bunday doʻstlik rishtalarini hamma bilishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер