Isroil moliya vaziri Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish “adolatli va axloqiy” ish ekanligini bildirdi

Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich Gʻazo haqidagi soʻnggi izohlari uchun xalqaro tanqidga uchradi. Smotrich HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish “adolatli va axloqiy” boʻlishini bildirgan. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.
Isroil rasmiysining soʻzlari Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Buyuk Britaniyaning noroziligiga sabab boʻldi va ular Isroil hukumatini Moliya vazirining bayonotlari boʻyicha tushuntirish berishini soʻrab chiqqan. Smotrich oʻz nutqida Isroil Gʻazoga insonparvarlik yordamini oʻtkazishi xalqaro bosim tufayli boʻlganini daʼvo qildi.
“Dunyoda hech kim bizga ikki million odamni ochlikdan oʻldirishga yoʻl qoʻymaydi, garchi bu garovga olinganlarni ozod qilish uchun adolatli va axloqiy boʻlsa ham”, degan u.
Fransiya ham Smotrichning soʻzlarini tanqid qilib, Gʻazoga insonparvarlik yordami yetkazish “xalqaro gumanitar huquq doirasidagi majburiyat” ekanini taʼkidladi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bu fikrni qoʻllab-quvvatlab, Isroil hukumatini vazirning soʻzlarini “qaytarib olish va qoralashga” chaqirdi. Xalqaro hamjamiyat bu kabi bayonotlarning oqibatlaridan chuqur xavotir bildirmoqda.
AQSH Davlat departamenti isroillik askarlarning falastinlik mahbuslarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilgani haqidagi daʼvolarni koʻrib chiqyapti. Isroilning 12-kanalida efirga uzatilgan videoda askarlarning falastinlik mahbusni haqorat qilgani aks etgan. Qoʻshma Shtatlar bu xabarlarni “dahshatli” deb atadi va Isroilni toʻliq tergov oʻtkazishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Isroil tomoni Moliya vazirining fikrlariga izoh berishni istamagan. Hozirda jarayonlar taranglashmoqda va hech qanday yaxshilanish yuzaga kelmagan.
Avvalroq, Teylor Sviftning konserti ISHID terrorchisining tahdidi ostida bekor qilinganini maʼlum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring