Isroil kuchlari maktabga havo zarbasini yoʻlladi

22:54 25 May 2024 Dunyo
603 0

Xalqaro sudning Isroilga nisbatan Gʻazodagi hujumni cheklash boʻyicha cheklovlariga qaramay halokatlar kengayib bormoqda. Maʼlumotlarga koʻra, HAMASning qurolli qanoti hisoblanmish Al-Qassam brigadalari Jabaliya qochqinlar lagerida Isroilning ikkita tankiga zarba bergan. Yahudiy askarlari avvalroq shaharning Quvayt kasalxonasi tomon harakatlanib, turarjoy binolariga hujum qilgan. Undan soʻng Jabaliya yaqinidagi yuzlab qochqinlar yashaydigan boshlangʻich maktabga havo hujumi yoʻllagan.

Yoqilgʻi yetishmasligi sababli tez yordam mashinalari maktabga yetib borish uchun koʻp qiyinchiliklarga duch kelgan. Havo zarbasi oqibatida 10 kishi halok boʻlgan va 17 kishi yaralangan boʻlib, ularning orasida bolalar ham bor.

— Bolalar maktab hovlisida oʻynab yurgan edi, birdan bizni bombardimon qilishdi, — deydi hujumda qizi yaralangan ayol.

Al-Aqso kasalxonasi butun Gʻazoda toʻliq ishlayotgan yagona shifoxonalardan biridir. Kasalxona bir necha kun oldin 57 ming litr yoqilgʻi olgan, ammo qolgani ham bir necha kunga yetadi, xolos. Rafahdagi Quvayt shifoxonasi ham yoqilgʻiga ehtiyoj sezmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер