“Isroil hukumatiga bosim qiling”: AQSH senatorlari davlat kotibi Marko Rubioga murojaat yoʻlladi
AQSHning 17 nafar senatori davlat kotibi Marko Rubioga murojaat qilib, Isroilga bosim oʻtkazib, jurnalistlarning Gʻazoga kirishiga ruxsat berish va ularning himoyasini taʼminlashni soʻradi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra. AQSH davlat kotibi Marko Rubioga yoʻllangan murojaatni Massachusets shtati senatori Elizabet Uorren, Virjiniya shtati senatori Tim Keyn va yana 15 nafar demokrat senatorlar imzolagan.
Demokrat senatorlar tomonidan yoʻllangan murojaatda Qoʻshma Shtatlar Isroilga ommaviy axborot vositalarini taqiqlash va senzura qilish, matbuot vakillarini nishonga olish yoki tahdid qilish nomaqbul ekani va buni toʻxtatish kerakligi bayon qilingan.
“Biz sizni Gʻazodagi jurnalistlarni himoya qilish va xalqaro ommaviy axborot vositalarining hududga kirishiga ruxsat berish uchun Isroil hukumatiga bosim oʻtkazishingizni soʻraymiz”, — deyiladi senatorlar bayonotida.
Maʼlumot uchun, oʻtgan haftada Isroil hukumatining Gʻazoga qilgan hujumlari oqibatida “Al Jazeera” telekanalining toʻrt nafar jurnalisti, jumladan, muxbir Anas ash-Sharif, shuningdek, ikki mustaqil jurnalist halok boʻlgan. Ushbu holat xalqaro noroziliklarga sabab boʻlgan.
AQSH senatorlari tomonidan davlat kotibi Marko Rubioga yoʻllangan ushbu murojaatda mazkur hujum qoralangan hamda uning harbiy maqsadi haqida ishonchli tushuntirish boʻlmasa, Isroil Gʻazodagi azob-uqubatlar koʻlamini butun dunyoga koʻrsatgan jurnalistlarni nishonga olish va oʻldirishni ochiq tan olayotganidan dalolat beradi.
Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qilgan bosqinlari oqibatida kamida 62 ming 192 nafar falastinlik halok boʻlgan. 157 ming 114 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring