Isroil harbiylari Livan janubidagi qishloqlar aholisini uylariga qaytmaslikka chaqirmoqda

17:20 16 Dekabr 2024 Dunyo
375 0

Isroil harbiylari Livan janubidagi 73 ta qishloq aholisini uylariga qaytmaslik haqida ogohlantirdi. Livanliklar agar uyiga qaytadigan boʻlsa, ularga oʻlim bilan tahdid qilingan. Isroil armiyasi vakili livanliklar uchun “qizil chiziq” boʻlgan qishloqlar xaritasini joylashtirgan X ijtimoiy tarmogʻiga.

Gʻazoning markaziy hududida esa vaziyat ancha murakkabligicha qolmoqda. Isroilliklarning Nuseyrat qochqinlar lageriga hujumlari sodir boʻldi, u yerda turar-joy binosi vayron boʻlganidan keyin besh nafar tinch aholi halok boʻldi. Shujayeada hujum oqibatida 10 nafar tinch aholi qurbon boʻlgan va ularning aksariyati bir oiladanligi maʼlum.

Eron Gʻazodagi genotsidni toʻxtatishga, Isroil rahbarlarini jazolashga chaqirmoqda. Eron Tashqi ishlar vazirligi Gʻazo sektorida, jumladan Nuseyrat qochqinlar lagerida koʻchirilgan falastinliklar turadigan boshpana va chodirlarga takror yoʻllangan “vahshiyona” hujumlarni qoraladi.

Yakshanba kuni Isroil Gʻazodagi urush tufayli munosabatlar yomonlashgani sababli Irlandiya Respublikasidagi elchixonasini yopishini maʼlum qildi. “Men Irlandiya Isroilga qarshi ekanligi haqidagi daʼvoni butunlay rad etaman. Irlandiya tinchlik, inson huquqlari va xalqaro huquq tarafdori”, — degan Irlandiya rasmiysi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер