Isroil harbiy kemalari Gʻazo sektoriga yoʻl olgan flotiliyani toʻxtatdi

Isroil harbiy-dengiz kuchlari Gʻazo sektoriga yoʻl olgan “yordam flotiliyasi”ning bir nechta kemasini toʻxtatdi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
Isroil TIV bayonotida keltirilishicha, kema va yoʻlovchilarga zarar yetmagan, yoʻlovchilar Isroil portlariga olib borilgan. Qayd etilishicha, yoʻlovchilar orasida shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg ham boʻlgan. Isroil tomoni Tunberg va uning hamrohlari sogʻ-salomat ekanini maʼlum qildi.
Flotiliya avgust oxirida Barselonadan dengizga chiqqan. Unda 40 dan ortiq kema va parusli qayiq bor edi, umumiy ishtirokchi soni bir necha yuz kishi atrofida boʻlgan. Tashkilotchilar Isroil tomonidan Ashdod porti orqali gumanitar yordamni yetkazish taklifini qabul qilmagan va Italiya hukumati bergan chaqiriqlarga ham eʼtibor qaratmagan.
Flotiliya toʻxtatilgandan keyin Rim va Neapolda namoyishlar boshlangan. Namoyish ishtirokchilari Italiya bosh vaziri Djordja Meloni Isroilning bu xatti-harakatlariga jim qarab turgani uchun tanqid qilmoqda.
Isroil 2007-yildan beri Gʻazoga dengiz blokadasini qoʻllab kelmoqda. Bu chora HAMASga qurol kirishini cheklash maqsadida amalga oshiriladi. Mintaqadagi vaziyat 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMASning Isroilga yirik hujumidan soʻng yanada keskinlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring