Isroil harbiy-dengiz kuchlari Gʻazoga gumanitar yordam olib ketayotgan faollarni qoʻlga oldi

Isroil harbiy-dengiz kuchlari bortida gumanitar yordam, faollar va shvetsiyalik atrof-muhit faoli Greta Tunberg bilan Gʻazo sektoriga ketayotgan “Madlin” kemasini qoʻlga oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar qildi.
Harbiylar kuzatuvi ostida kema Isroil qirgʻoqlariga yoʻnaltirilgan boʻlib, yoʻlovchilarga zarar yetmagani aytilmoqda.
Yaxta ekipaji Falastin anklaviga oziq-ovqat yetkazib berish va Gʻazodagi gumanitar falokatga eʼtibor qaratishni rejalashtirgan boʻlgan, ammo Isroil bu harakatlarni dengiz blokadasini buzish hamda HAMAS jangarilarini qoʻllab-quvvatlash deya baholadi.
Faollar yaxtadan olingan videoni ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qildi. Greta Tunberg Isroil harbiylarining harakatlarini odam oʻgʻirlash deb atab, Shvetsiya hukumatini holatga aralashuvga chaqirgan.
Isroil TIV bayonotiga koʻra, kema yoʻlovchilari oʻz vataniga qaytadi, bortda boʻlgan gumanitar yordam esa Gʻazoga yuboriladi.
Avvalroq Isroil mudofaa vaziri “Madlin” kemasini Falastin hududi qirgʻoqlariga yaqinlashtirmaslikni buyurgan va targʻibotchilarga orqaga qaytishlari kerakligini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring