Isroil ham BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashini tark etdi
Isroil BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi (UNHRC) tarkibidan chiqdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Gideon Saar oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.
“Isroil Trampning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashida qatnashmaslik qarorini olqishlaydi. Davlat AQSHga qoʻshilgan holda BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashini tark etadi”, — dedi Saar.
Uning soʻzlariga koʻra, bu kengash inson huquqlarini buzuvchilarni himoya qiladi va Isroilga nisbatan kamsituvchi qarorlar qabul qiladi. Isroil 100 dan ortiq qoralovchi rezolyutsiyalarga duch kelgan boʻlib, bu kengash tomonidan qabul qilingan barcha rezolyutsiyalarning 20 foizidan ortigʻini tashkil etadi. Ushbu koʻrsatkich Eron, Kuba, Shimoliy Koreya va Venesuelaga nisbatan qabul qilingan rezolyutsiyalar sonidan ham yuqori.
Taʼkidlash joiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi hamda BMTning falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Yaqin Sharq agentligidan chiqishi toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi.
Maʼlumot uchun, BMT Inson huquqlari kengashi 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibida 47 davlat bor. AQSH Barak Obama davrida unga qoʻshilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring