Isroil Gʻazoda HAMASning yuqori martabali qoʻmondoni oʻldirilganini maʼlum qildi
Isroil harbiylari 13-dekabr, shanba kuni Gʻazo shahridagi avtomobilga qilingan hujumda HAMASning yuqori lavozimli qoʻmondoni Rayed Saidni oʻldirganini maʼlum qildi. Bu haqida “Reuters” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Gʻazo shahridagi avtomobilga qilingan hujum oqibatida besh kishi halok boʻlgan va kamida 25 kishi yaralangan. HAMAS rasmiylari qoʻmondon Rayed Saidning halok boʻlganini darhol tasdiqlamagan.
Isroil rasmiylari oʻldirilgan HAMAS qoʻmondoni guruhning qurol ishlab chiqarish tarmogʻini yaratish va rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan shaxslardan biri ekanini taʼkidlagan.
“Soʻnggi oylarda u HAMASning imkoniyatlari va qurol ishlab chiqarishini qayta tiklash uchun harakat qilayotgandi. Bu esa sulhni qoʻpol ravishda buzishdir”, — deydi Isroil rasmiysi.
HAMAS harakati, oʻz bayonotida Isroilning mazkur xujumini sulh kelishuvining buzilishi deb atagan. Biroq, qoʻmondon Rayed Saidning halok boʻlgani yoki yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumot bermagan.
Bu hodisa oktyabr oyida Gʻazoda sulh bitimi kuchga kirganidan beri HAMASning yuqori lavozimli amaldorining oʻldirilishi boʻyicha katta shov-shuvlarga sabab boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring