Isroil davlatini barpo etgan BMT qarori emas, balki Mustaqillik urushida erishilgan gʻalaba edi — Netanyahu idorasi
Foto: Reuters
AQSH Isroilning Bayrutdagi hujumlar koʻlami ortib borayotganidan xavotirini bildirganidan soʻng bir necha soat oʻtib, yahudiy davlati askarlari Livan poytaxtining janubiga zarba berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Guvohlar ikkita portlash ovozini eshitgan va ikkita alohida mahalladan tutun chiqayotganini koʻrgan. Bu voqea Isroil evakuatsiya qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarganidan keyin sodir boʻldi ammo unda faqat bino koʻrsatilgan.
Isroil harbiylari soʻnggi haftalarda “Hizbulloh”ning qalʼasi joylashgan Bayrutning janubiy chekka hududlariga oldindan ogohlantirmasdan zarbalar berayotgan edi.
Isroil harbiylari Bayrut janubidagi Dahiya chekkasida joylashgan guruhning yer osti qurol-yarogʻ omboriga zarba berganini maʼlum qildi. “Zarbadan oldin tinch aholiga zarar yetkazish xavfini yumshatish boʻyicha koʻplab choralar koʻrildi, jumladan, hududdagi aholi ogohlantirildi”, - deydi Isroil harbiylari.
Baʼzi Gʻarb davlatlari ikki qoʻshni va Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga intilmoqda, ammo AQSH Isroilni qoʻllab-quvvatlashda davom etayotganini hamda raketaga qarshi tizim, qoʻshinlarni yuborayotganini aytmoqda.
Seshanba kuni Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Benyamin Netanyahu maʼmuriyatiga soʻnggi zarbalar yuzasidan oʻz xavotirlarini bildirganini maʼlum qildi.
“Soʻnggi bir necha hafta ichida Bayrutda kuzatilgan bombardimon kampaniyasining koʻlami va tabiati haqida gap ketganda, biz Isroil hukumatiga xavotirda ekanligimizni va bunga qarshi ekanligimizni aniq aytdik”, — degan u jurnalistlarga.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehronning mintaqa davlatlari bilan “genotsid, vahshiylik va tajovuzkorlikka barham berish uchun” diplomatik yordami doirasida Iordaniya, Misr va Turkiyaga tashrif buyurmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar bergan.
Seshanba kuni Netanyahu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga telefon orqali suhbat chogʻida bir tomonlama oʻt ochishni toʻxtatishga qarshi ekanligini aytdi va Makronning Livan boʻyicha konferensiya oʻtkazish rejasidan hayratda qolganini taʼkidlagan.
“Fransiya prezidentiga eslatma: Isroil davlatini barpo etgan BMT qarori emas, balki Mustaqillik urushida erishilgan gʻalaba edi...”, — deyiladi Netanyahu idorasining bayonotida.
Yelisey saroyi izoh soʻroviga darhol javob bermadi. Ikki davlat avvalroq Makronning Isroilga qurol sotishni toʻxtatish haqidagi chaqirigʻi yuzasidan ham toʻqnash kelgan edi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Livandagi zarbalari oʻtgan yil davomida kamida 2350 kishining hayotiga zomin boʻlgan va 11 mingga yaqin kishi jarohat olgan. 1,2 milliondan ortiq odam esa uy-joyini tark etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring