Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi
Foto: AP
Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.
“Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi”, — deyiladi telekanal saytida.
“Al Jazeera” manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ikki kishi yengil yaralangan.
“Times of Israel” avvalroq yozganidek, Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiya vaqtida tinchlikparvarlik missiyasi yonida oʻz pozitsiyalarini joylashtirgan va BMT vakillarini xavf ostiga qoʻygan. Missiya vakillarining gazetaga aytishicha, Isroil tinchlikparvar kuchlarni qayta joylashtirishni soʻragan, biroq rad javobi berilgan. “Hizbulloh” matbuot xizmatining xabar berishicha, Marun Ar-Ras aholi punkti hududidagi Isroil harbiy otryadi BMT tinchlikparvar kuchlaridan tirik qalqon sifatida foydalangan.
Shu yilning 23-sentyabridan beri Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh” manzillarini ommaviy bombardimon qilmoqda. Bunda harakat yetakchilari, jumladan, Bosh kotib Hasan Nasrulloh va uning ehtimoliy vorislari halok boʻlgan. 1-oktyabr kuni Isroil armiyasi Livanda quruqlikdagi operatsiyani boshladi.
Isroilda harbiy kampaniyaning asosiy maqsadi bir yil avval “Hizbulloh” tomonidan HAMASni qoʻllab-quvvatlash maqsadida boshlangan oʻqqa tutilishi tufayli evakuatsiya qilishga majbur boʻlgan mamlakatning shimoliy hududlarida yashovchi 60 ming aholining qaytishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
Kuzatuvchilarning qayd etishicha, Isroil 2006-yildagi Ikkinchi Livan urushidan beri Livanga bunday shiddat bilan hujum qilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring