Isroil armiyasi Gʻarbiy Sohilda 23 ta binoni vayron qildi
Foto: Reuters
Isroil armiyasi yakshanba kuni Jeninda terrorchilik infratuzilmasi yaratilishining oldini olish uchun 23 ta bino vayron qilgan. Bu haqda yahudiy davlati qurolli kuchlari matbuot kotibi maʼlum qildi. Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi ham ushbu holatni tasdiqladi. Yanvar oʻrtalaridan beri 50 nafar falastinlik jangchi oʻldirilgan.
Falastinning Wafa axborot agentligining xabar berishicha, portlashlar butun shahar va uning atrofidagi hududlarda eshitilgan.
Falastin tashqi ishlar vazirligi harbiylarning Jenindagi binolarni vayron qilishini qoralab, buni “shafqatsiz voqea” deb baholadi. Prezident Mahmud Abbos Jenin va Tulkarm lagerlaridagi turar joy bloklarini vayron qilishni toʻxtatish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yigʻilishini talab qildi.
Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi va Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatining maʼlum qilishicha, Gʻarbiy Sohil janubida sodir boʻlgan alohida hodisada Isroil armiyasi Muhammad Amjad Hadush ismli 27 yoshli erkakni oʻldirgan.
Oʻtgan oy Isroil harbiylari bosib olingan Gʻarbiy Sohilda “Temir devor” deb nomlangan yirik hujumni boshlagan edi. Yakshanba kungi portlashlar Isroil shafqatsizligi kuchayganini koʻrsatadi.
Mahalliy aholining aytishicha, ular ikki haftadan beri davom etayotgan hujumlarga uchragan. Komendantlik soati joriy qilingan, doʻkonlar va boshqa korxonalar yopib qoʻyilgan.
“Isroil armiyasiga uylarimizni vayron qilish va bizni koʻchirish uchun hech qanday bahona kerak emas”, — deydi “Al Jazeera” telekanaliga Jeninda tugʻilib oʻsgan fuqaro.
Telekanal jurnalistining aytishicha, Isroil askarlari Gʻarbiy Sohil boʻylab bir nechta yoʻl toʻsiqlari va boshqa nazorat punktlarini oʻrnatgan hamda kamida 27 nafar falastinlik halok boʻlgan. Ularning koʻpchiligi tinch aholi vakillari, jumladan, oilasi bilan uyda kechki ovqatni birga qilayotgan insonlar boʻlgan.
Shuningdek, yakshanba kuni Isroil koʻchmanchilari mamlakat armiyasi koʻmagida bosib olingan Shimoliy Quddusdagi Silvan shahri qabristoniga bostirib kirgan. Falastin OAV xabariga koʻra, badaviylar qishlogʻidagi masjid isroillik koʻchmanchilar tomonidan yoqib yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring