Isroil 24 soatda Gʻazodagi 40 ta nishonga zarba berdi

17:24 14 Avgust 2024 Dunyo
631 0

Isroil Gʻazoning markaziy va shimoliy hududlarini nishonga olgan hujumlarida kamida 16 kishi halok boʻlgan. Bu haqda “Al Jazeera” nashri xabar berdi.

Isroil harbiylari 24 soat ichida Gʻazodagi 40 ta hududga zarba berganini daʼvo qilmoqda. Qayd etilishicha, ular havo kuchlari koʻmagida oʻtgan kun davomida koʻp sonli jangchilarni oʻldirgan hamda Gʻazo janubi va markazida HAMAS harbiy infratuzilmasini vayron qilgan.

Maʼlumot uchun, Isroil oʻtgan hafta yangi yurishini boshlagan va 70 mingga yaqin aholi oʻz uylarini tashlab ketganidan soʻng bombardimonni davom etmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroilning evakuatsiya qilish boʻyicha kengaygan farmoyishlari janubiy Xon Yunisdagi Yevropa kasalxonasining faoliyatini tiklash harakatlariga tahdid solayotganini aytdi. Agentlik xabariga koʻra, 650 statsionar oʻringa ega boʻlgan muassasa 1-iyuldan beri ishlamay qolgan.

BMTning qoʻshimcha qilishicha, Isroil quruqlikdan hujum boshlagan janubiy Rafahda ketma-ket toʻqqiz haftadan koʻproq vaqt davomida hech qanday kasalxona ishlamagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер