Isroil 24 soat ichida “Hizbulloh” va HAMASning 200 ta nishoniga zarba berdi
Foto: AP
Isroil mudofaa kuchlari 24 soat ichida “Hizbulloh” va HAMAS harakatlarining Livan va Gʻazo sektoridagi 200 dan ortiq nishonlariga zarbalar bergan. Bu haqda yahudiy davlati qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar tarqatdi.
“Isroil harbiy-havo kuchlari oʻtgan kun davomida Gʻazo sektoridagi HAMAS va Livan janubidagi “Hizbulloh”ga tegishli 200 dan ortiq terror nishonlariga, jumladan, qoʻmondonlik va nazorat markazlari, uchirish maydonchalari va terrorchilar infratuzilmasiga zarba berdi”, — deyiladi bayonotda.
Matbuot xizmatining qoʻshimcha qilishicha, payshanba kuni Isroil armiyasi mamlakat shimolidagi Ha-Mifrats tumaniga oʻq uzgan raketani yoʻq qilgan. Livan janubida oʻtkazilgan reydlar davomida esa bir nechta “Hizbulloh” jangarilari, qurol-yarogʻlar, transport infratuzilmasi obyektlari yoʻq qilingan.
Bayonotda Isroil harbiylarining Gʻazo sektoridagi faoliyati ham tilga olingan. Qayd etilishicha, Falastin anklavining shimolidagi Jabaliya hududida quruqlikdagi janglar va havo hujumlarida oʻnlab radikallar halok boʻlgan. Sektorning markaziy qismida ham qurollangan falastinliklar oʻldirilgan. Rafah hududida isroillik harbiylar tunnel bilan jihozlangan harbiy inshootda harakat qilayotgan falastinlik jangchilarni aniqlagan va shundan soʻng binoga havo hujumi uyushtirilgan.
Shu yilning 1-oktyabridan beri Isroil Livan janubida “Hizbulloh” kuchlariga qarshi quruqlikdagi operatsiyani olib bormoqda va qoʻshni davlatni havodan bombardimon qilishda davom etmoqda. Bu yerda allaqachon 2,6 mingdan ortiq odam, jumladan, shia harakati yetakchilari halok boʻlgan, bir milliondan ortiq odam esa oʻz yashash manzillarini tashlab ketishga majbur boʻlgan. Yoʻqotishlarga, jumladan, qoʻmondonlik tarkibiga qaramay, “Hizbulloh” quruqlikdagi janglarni olib bormoqda va Isroil hududiga raketa hujumlarini toʻxtatmayapti.
2023-yil 7-oktyabr kuni Isroil Gʻazo sektoridan misli koʻrilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan soʻng Falastinning HAMAS harakati jangarilari chegara hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata oʻt ochgan va 200 dan ortiq kishini garovga olgan. Rasmiylarga koʻra, Isroil tomonida 1,2 mingga yaqin odam halok boʻlgan.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi, jumladan, tinch aholi nishonlariga hujumlar uyushtirildi va Gʻazo sektori toʻliq qamal qilinganini eʼlon qildi: suv, elektr energiyasi, yoqilgʻi, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish toʻxtatildi. Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mojaro boshlanganidan beri 42 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlgan, 100 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring