Islomjon Bahromov yunon-rum kurashida ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Islomjon Bahromov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab oldi.
Islomjon sport kurashidagi ilk ishtirokchimiz hisoblanadi. Yurtdoshimiz birinchi chiqishi Olimpiada bayrogʻi ostida harakat qilayotgan “Qochqinlar jamoasi” aʼzosi, aslida eronlik, Jamol Valizodaga qarshi boʻldi. Islomjon olimpiada bayrogʻi ostidagi sportchini 9:0 hisobida magʻlub etdi.
Uning keyingi raqibi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vakili Se Ung Ri.
Qayd etish kerakki, Valizoda 1991-yilda Eronning Kirmanshoh shahrida tugʻilgan.
Avvalroq, oʻzbekistonlik murabbiy qirgʻizistonlik bokschiga sekundantlik qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring