Islomjon Bahromov 25 yoshli shimoliy koreyalik kurashchiga juda tez magʻlub boʻldi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Islomjon Bahromov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
Islomjon sport kurashidagi ilk ishtirokchimiz hisoblanadi. Yurtdoshimiz Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vakili Se Ung Ri raqiblik qildi va bir daqiqa oʻtar-oʻtmas usulga tushib qoldi. Koreyalik sportchi esa bundan unumli foydalanib, hamyurtimizni 0:9 hisobida magʻlub etdi.
Se Ung Ri 1998-yilning 22-dekabrida tugʻilgan. 2023-yil oktabr oyida Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan XIX Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Avvalroq, oʻzbekistonlik murabbiy qirgʻizistonlik bokschiga sekundantlik qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring