Islom sivilizatsiyasi markazi va “Sila sveta” hamkorligidagi navbatdagi loyiha ko‘rib chiqildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” ekspozitsiyasini multimedia formatda taqdim etishga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi. Unda zamonaviy texnologiyalar orqali milliy tiklanish jarayonlarini namoyon etish bo‘yicha muhim loyihalar muhokama qilindi.
Islom sivilizatsiyasi markazi xabariga ko‘ra, mazkur uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, Rossiyaning “Sila sveta” kompaniyasi vakillari, Markaz rahbariyati va xodimlari hamda hamkor olimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida “Sila sveta” kompaniyasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun ishlab chiqilgan immersiv shou loyihalari taqdim etildi. Ushbu loyihalar Markazning zamonaviy texnologiyalar asosida boyitilishida muhim ahamiyatga ega.
Xorij kompaniyasi asoschisi Aleksandr Us Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning yuqori saviyada aks ettirilishiga xizmat qiluvchi mazkur ekspozitsiya uchun o‘z hissalarini qo‘shishdan mamnun ekanini ta’kidladi.
"O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilayotgan bu yirik markazga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. Mazkur ekspozitsiyada zamonaviy texnologiyalar asosida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori saviyada aks ettiriladi", — dedi Aleksandr Us.
Taqdimot chog‘ida ekspozitsiyaning kirish foyesi, kutubxonasi va boshqa bo‘limlari dizayni, ichki intereri yuzasidan bir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihalarning mazmunan va vizual jihatdan yuqori saviyada tayyorlanishi bo‘yicha muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring