“Islom sivilizatsiyasi markazi faqatgina ekspozitsiyalar yigʻindisi emas” – Firdavs Abduxoliqov
13-mart kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida respublika amaliy-seminari oʻtkazildi. Seminar Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy-amaliy hamda maʼrifiy faoliyatini rivojlantirish, ekspozitsiyani zamonaviy muzey texnologiyalari asosida takomillashtirish masalalariga bagʻishlandi.
Qayd etish kerakki, 2025-yilning 29-yanvarida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgandi. Seminar qatnashchilari markazning eng asosiy qismida joylashgan Qurʼoni karim zali, “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “Oʻzbekiston XX asrda”, “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans” kabi boʻlimlardagi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov tadbir ochilishida mazkur inshootning qiymatini eʼtirof etib, shunday dedi: “Islom sivilizatsiyasi markazi faqatgina ekspozitsiyalar yigʻindisi emas, balki Prezidentimiz aytganlaridek «bu majmua oʻzimizning meʼmoriy tajribamiz, Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlik maktabi, ilmiy-maʼnaviy salohiyatimiz ramzi sifatida” tarixga kiradi».
Yigʻilishda markaz faoliyatini takomillashtirish, ekspozitsiyani boyitish va ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Markazning ijtimoiy-maʼrifiy va ilmiy-amaliy yoʻnalishdagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida 9 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibi haqida axborot berildi.
Tadbirda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, markaz xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Milliy kutubxona, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Toshkent Islom instituti va boshqa ilmiy hamda madaniy muassasalar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar asosida Markaz faoliyatini yanada rivojlantirish va uni xalqaro ilmiy-maʼrifiy platforma sifatida mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Masʼullar, olimlar, mutaxassislar va tadbir ishtirokchilari oʻzaro savol-javoblar almashishdi. Bunday tadbirlar Islom sivilizatsiyasi markazining nufuzini oshirish va uning ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring