Islom Maxachev ikki vazn toifasida UFC chempioniga aylandi
Bugun, 16-noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida UFC 322 turniri boʻlib oʻtdi. Kechaning markaziy jangida rossiyalik Islom Maxachev hamda Avstraliya vakili Jek Della Maddalena oʻzaro toʻqnash keldi. Qizgʻin tarzda kechgan besh raundlik bellashuv yakunida Maxachev raqibini hakamlarning bir ovozdan qabul qilingan qarori bilan magʻlub etdi.
Jang davomida Islom har bir raundda muvaffaqiyatli teykdaunlar amalga oshirdi va Maddalenani yerga yiqitib, nazorat ostida ushlab turdi. Avstraliyalik esa bunga qarshi jiddiy chora qoʻllay olmadi.
Ushbu gʻalaba Maxachevga yarim oʻrta vazn toifasida chempionlik kamarini taqdim etdi. Shunday qilib, u UFC tarixida ikki divizionda chempionlikni qoʻlga kiritgan sportchilardan biriga aylandi. Avvalroq, 34 yoshli jangchi yengil vazn chempioni boʻlgan, keyin esa yuqori vaznga oʻtish maqsadida oʻz kamarini vakant qoldirgan edi.
Maʼlumot uchun, Islom Maxachev MMA'dagi faoliyati davomida 29-marta oktagonga koʻtarilib, janglarining 28 tasida zafar quchgan, unda faqat 1 ta magʻlubiyat bor. Avstraliyalik Della Maddalena esa bu jangdan keyin oʻz hisobidagi uchinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi va uning rekordi 18–3 koʻrinishiga keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring