Islohotlar davrida OAV roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?

04:29 09 May 2023 Jamiyat
728 0

Soʻngi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning samarali faoliyat yuritishi uchun yetarli sharoitlar yaratishga, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirishga alohida eʼtibor berilmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 81-moddasida ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi eʼtirof etilib, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishi davlat tomonidan kafolatlanishi belgilanmoqda.

Ayrim holatlarda axborot tarqatishda axborot manbasi chuqur oʻrganilmasdan, jurnalistlar tomonidan vaqtinchalik obroʻ-eʼtibor qozonish maqsadida sayoz va yuzaki tayyorlangan materiallar taqdim etilib, jurnalist etikasiga rioya etmaslik holatlari uchramoqda.

Shuningdek. jinoyatchilikni yoritishda aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etmaslik, ortiqcha tafsilotlarga berilish orqali jinoyatchilikni targʻib qilib qoʻyish, shaxsga oʻzboshimchalik bilan jazo berish (samosud) holatlarini yoritishda shaxsning obroʻsi va qadr-qimmatini kamsitish, voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi axborotni tarqatishda bola huquqlari va inson huquqlari prinsiplari buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.

Mazkur holatlar kelgusida jamiyatda kutilmagan noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarishi, olib borilayotgan islohotlarga nisbatan aholi oʻrtasida ishonchsizlik hissining paydo qilishi, shuningdek davlat organlari va fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Shunday sharoitda jurnalistlarning axborot tarqatishdagi masʼuliyatini kuchaytirish, uchrayotgan ayrim kamchiliklar tahlili asosida ularning huquqiy bilimini yanada oshirish, materiallar tayyorlashda fuqarolar va yuridik shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish holatlarining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2023-yil 8-may kuni “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari” mavzusida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida Adliya vazirligi professor-oʻqituvchilari, soha mutaxassislari va huquqshunos ekspertlari trenerlik qildi.

Ochiq muloqot davomida Axborot kodeksi loyihasida kutilayotgan oʻzgarishlar, axborot sohasida kasb masʼuliyatining chegaralari, jurnalistlik faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy va etik normalar, jurnalist tomonidan fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini tahqirlash yoki shaxsiy hayotiga aralashish holatlarining oldini olish, jurnalistika sohasida eski qolipdan voz kechish, inson ongiga nomaqbul taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maxsus axborotlar tarqatish, sezdirmagan holda tajovuzkorlik va axloqsizlikni targʻib qilish uchun javobgarlikni belgilash, aholining OAV orqali ishonchli va haqqoniy axborotni olish huquqini buzish holatlarining oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Shuningdek, juranalist va OAV vakillari tomonidan “yolgʻon axborot tarqatganlik uchun kim aybor boʻladi birinchi tarqatgan manbami yoki ikkinchi, uchinchilar ham?”, “jurnalistik faoliyatda senzuraga yoʻl qoʻyilganligi qanday bilish mumkin?”, “jurnalistlarning huquq sohasida boʻyicha bilimlarini oshirish borasida qanday rejalar qilingan?” kabi savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер