Islandiyada ikkinchi ayol prezident saylandi

11:31 03 Iyun 2024 Dunyo
416 0

Tadbirkor va investor ayol Halla Tomasdottir Islandiyadagi prezidentlik saylovlarida 34.6 foiz ovoz yigʻib, Skandinaviya mamlakatining ikkinchi ayol prezidenti boʻldi. Bu haqda mamlakat milliy teleradio xizmati xabar bergan.

Tomasdottir Buyuk Britaniya biznes magnati Richard Brenson tomonidan asos solingan "The B Team" kompaniyasining bosh ijrochi direktori hisoblanadi.

Yangi prezident ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ruhiy salomatligiga taʼsiri, Islandiyaning sayyohlik maskani sifatida rivojlanishi va sunʼiy intellektning roli kabi fundamental masalalar boʻyicha saylovoldi tashviqotini olib bordi. Shunday qilib, mamlakatning ikkinchi ayol rahbari 1-avgust kuni lavozimiga kirishadi.

Vigdis Finnbogadottir 1980-yilda Islandiya davlatining birinchi ayol prezidenti boʻlgan edi. Shuningdek, soʻnggi yillarda ikki nafar ayol bosh vazir lavozimi egallab, siyosiy notinch yillar davomida barqarorlikni taʼminlagan.

Maʼlumot uchun, 380 ming aholisi boʻlgan ushbu mamlakatda 1500 ta imzo toʻplagan har qanday fuqaro saylovda qatnashishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер