Ishtixon va Nukus tumanlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, IIB, Milliy Gvardiyaning Ishtixon tuman boʻlimlari hamda DXXning Qoʻshrabot tumani boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.T. 5 ming AQSH dollarini fuqaro N.ga 55,5 mln. soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda IIBning Nukus tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.S. 2,8 ming AQSH dollarini 31,2 mln. soʻmga fuqaro S.ga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida uning yonidan jami 3 ming AQSH dollari, 34,8 ming rossiya rubli, 10 yevro, 100 BAA dinari, 5 turk lirasi va 1,2 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, yuqoridagi fuqarolarning harakatlari boʻyicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shugʻullanib kelganliklari maʼlum boʻlgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177˗moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov haraktalari oʻtkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, chet el valyutasini ayirboshlashni faqat bank muassasasi yoki uning shahobchalari orqali amalga oshirishingizni soʻrab qolamiz, bu bilan nafaqat oʻzingizni asragan boʻlasiz, balki qalbaki valyuta qimmatliklariga duch kelishni oldini olasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring