Ishsizlik muammosini qanday hal qilish mumkin?
Mamlakatimizda bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga band bo‘lmagan aholini joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu borada har yili maxsus dasturlar qabul qilinyapti. Lekin, shunga qaramay, fuqarolarni ish bilan ta’minlashda ijobiy natijalarga erisha olmayapmiz.
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 1,5 million nafari ish o‘rniga muhtojligi, bu ishga yaroqli aholi sonining salkam 10 foizini tashkil qilishi ham ana shunday deyishga asos bo‘ladi.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash masalasidagi muammolarni bartaraf etishning yangi va samarali mexanizmlari Prezidentimizning “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aks ettirildi.
Qaror bilan aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatni takomillashtirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi.
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari ham oshirilmoqda. Jamg‘armaga shu yilning o‘zida respublika byudjetidan qo‘shimcha 150 milliard so‘m, 2019 yildan boshlab esa 300 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratib boriladi.
Hujjatga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda uch yilga olti oylik imtiyozli davr bilan mikrokreditlar beriladigan bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring