Ishsiz aholi va yoshlarga yerni ijaraga bergan klaster hamda fermerlar soliqdan ozod qilinadi

15:25 08 Iyun 2021 Klaster
16395 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar ijrosiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.

Bugungi yigʻilishni tom maʼnoda tarixiy deyish mumkin. Shuning uchun viloyat va tuman hokimlari ushbu yangi yer islohoti hisobidan nechta ishsiz aholini band qilishi va qancha bozorbop mahsulot yetishtirishini aniq hisob-kitobini qilishi zarur.

Bunda, mahsulotlarga eksportyorlar va klasterlar buyurtmachi boʻlishi kerak. Ular mahsulot yetishtirish uchun zarur boʻlgan barcha moddiy resurslarni yetkazib beradi va mahsulotni sotib oladi.

–Viloyatlar va tumanlar hokimlari, sektor rahbarlari gʻalladan boʻshagan maydonlarni ishsiz aholiga adolatli ajratib, ularga eksportyor va klasterlarni biriktirsin, –dedi Prezidentimiz.

Umuman, gʻalladan boʻshaydigan yerlarning 800 ming gektari ishsiz aholiga bozorbop takroriy ekin ekish uchun beriladi.Bunda, ishsiz aholi va yoshlarga yerni ijaraga bergan klaster hamda fermerlar, ushbu yer maydoni uchun soliqdan ozod qilinadi.

Bu orqali qariyb 1,5 million aholini mavsumiy ish bilan taʼminlab, daromadli qilish mumkin.

– Shu paytgacha tadbirkorlar uchun ogʻir muammo boʻlib kelgan – yer uchastkalarini ajratish masalasini hal qilish boʻyicha kecha farmonni imzoladim, –dedi davlatimiz rahbari.–Endi tadbirkorlik uchun yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyotidan butunlay voz kechiladi va yerlar hamma uchun bir xil va oshkora, elektron auksion orqali xususiy mulk qilib sotiladi yoki ijaraga beriladi.

Tuman va shahar hokimlarining yer ajratish va ularni qaytarib olish bilan bogʻliq barcha vakolatlari bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер