Ishlab chiqarish salohiyati va yangi imkoniyatlar
Boʻston tumanida faoliyat yuritayotgan “Sayyora favvorasi” toʻqimachilik korxonasi umumiy qiymati 113 milliard soʻmlik loyiha asosida tashkil etilgan, unda Turkiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan.
Korxonada erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ziyod trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda. Yillik ishlab chiqarish hajmi 1 million 200 ming donadan ortiq boʻlib, mingga yaqin mahalliy aholi doimiy ish oʻrniga ega boʻlgan.

— Korxonada mehnat qilish uchun barcha sharoit yaratilgan, — deydi toʻquvchi Sayyora Ibrohimova. — Ish joyimiz zamonaviy sovitish va yoritish tizimlari bilan jihozlangan, dam olish va ovqatlanish uchun qulayliklar mavjud. Mehnat haqi oʻz vaqtida beriladi, ishchilarning malakasini oshirish boʻyicha muntazam oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi. Shuningdek, xodimlarni ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgani ish unumdorligini yanada oshirmoqda.

Korxonaning “Elegance SM” brendi ostidagi bejirim va sifatli mahsulotlari asosan tashqi bozorlarga yetkazib beriladi. Yillik eksport hajmini 4 million dollarga yetkazish moʻljallangan. “Sayyora favvorasi” hududida xorijlik hamkorlar bilan birgalikda qiymati 5 million dollar boʻlgan kasb-hunarga qayta tayyorlash oʻquv markazi tashkil etilgan. Unda ishsiz fuqarolar toʻqimachilik yoʻnalishlarini oʻrganib, oʻz yoʻlini topmoqda. Yaqinda 200 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasbga oʻqitilib, ish bilan taʼminlandi.

Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring