ISHIDga a’zo bo‘lgan yetti nafar ayolga hukm o‘qildi
Iroq markaziy jinoyat sudi ISHID terrorchilik guruhiga a’zo yetti nafar xorijlik ayolning uch nafarini umrbod qamoq jazosiga, to‘rt nafarini o‘lim jazosiga hukm qildi.
Mahalliy “Al-Sumaria” telekanali xabariga ko‘ra, ISHIDga a’zo bir nafar fransiyalik va ikki nafar rossiyalik butun umrini panjara ortida o‘tkazadi.
Terrorchi deb topilgan uch nafar ozarbayjonlik va bir nafar qirg‘izistonlik ayol esa o‘limga hukm etilgan.
Biroq Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri ayol kishining fuqaroligi va o‘limga hukm etilgani fakti tasdiqlangani haqidagi ma’lumotni hozircha olmaganini xabar berdi. Vazirlik bu ishga aniqlik kiritishda davom etayapti.
“Xalq so‘zi online” — xs.uzning mobil ilovasini YUKLAB oling!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring