Ishchining aliment qarzi uchun rahbarning mashinasi xatlandi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Ulugʻnor tumanida yashovchi M.A. oilasidan ajrashganligi tufayli sud qaroriga asosan ikki nafar farzandi uchun aliment toʻlashi kerak edi. Ushbu amal uning ish haqiga qaratilgani sababli mehnat qilayotgan jamoasi rahbarining ham zimmasiga javobgarlik belgilangan. Yaʼni, u ishchi uchun toʻlanayotgan ish haqida aliment toʻlovini ajratib berishi kerak edi. Afsuski, amalda bunday boʻlmadi... Shundan soʻng rahbar M.T.ga mavzuga doir talabnoma yuborildi. Afsuski, vaziyat oʻzgarmadi...
– Natijada fermer xoʻjaligi rahbari M.T.ga nisbatan jarima jazosi tayinlandi, – deydi MIB Ulugʻnor tuman boʻlimi xodimi Sherzodbek Mamutaliyev. – Shuningdek, ijro harakatlari davomida unga tegishli “Damas” avtomashinasi xatlanishi jarayonida jarima puli undirildi. Rahbar bundan keyin ishchining har oylik maoshidan bolalari uchun aliment toʻlovini oʻz vaqtida toʻlatilishini nazorat qiladigan boʻldi.
“Ota boʻlish oson, otalik qilish qiyin”, deydi dono xalqimiz. Qolaversa, “Qoʻldan berganga qush toʻymas” degan naql ham bor. Modomiki, shunday ekan, alimentchi otalar farzandi uchun toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻni oʻz vaqtida ajratishi insoniy burchidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring