Ish koʻzini bilganga ming tanga
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Shofirkon tumanida mirishkor bogʻbonlar koʻp. Faxriddin Ibragimov ulardan bir jihati bilan ajralib turadi. U yetishtirilgan uzumni qishda ham tokdan uzmaslik hadisini olgan. Kimki, ishkomdan endigina uzilgan uzumni dasturxonga tortmoqchi boʻlsa, Boboato qishlogʻida yashovchi Faxriddin akani soʻroqlab boradi.
— Bogʻbonlikka bolaligimdan mehr qoʻyganman, — deydi u. — Soha ustalari tajribasini, uzumchilikka oid adabiyotlarni oʻqishni kanda qilmadim. Shu tariqa oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida bogʻdorchilikni yoʻlga qoʻydim. “Husayni”, “kelinbarmoq”, “shohona”, “ketmonsopi” singari uzum navlaridan barakali hosil olayapmiz. Tuman hokimligi va mahalla masʼullari madadi bilan bizga 65 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Bu imkoniyatlarimizni yanada kengaytirdi.

Faxriddin Ibragimov oilasi ixtiyoridagi bogʻ atigi bir gektarni tashkil etadi. Yetti nafar doimiy ishchi bor. Bu yerda ishkomda koʻzni yashnatib turgan uzumdan tashqari bir tonnagacha mayiz ham tayyorlanadi. Mayizning bozordagi oʻrtacha narxi 60 ming soʻmdan kam emasligi nazarda tutilsa, beixtiyor “Ish koʻzini bilganga ming tanga” deging keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring