Irjar — Doʻstlik — Jizzax yoʻnalishida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining shu yil aprel oyida Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida oʻtkazilgan yigʻilishda Sharof Rashidov, Paxtakor, Doʻstlik va Mirzachoʻl tumanlarini Jizzax shahri bilan bogʻlovchi “Irjar—Doʻstlik—Jizzax” yoʻnalishida teplovoz qatnovi yoʻlga qoʻyilishi aytilgan edi.
Shu munosabat bilan “Irjar—Doʻstlik” stansiyalarining 7 kilometrida taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan stansiyalar oraligʻidagi temir yoʻl izlarida tubdan taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.
Shu kunga qadar ikki kilometr masofadagi temir yoʻl izlari qayta yotqizildi.
Maqsad qurilish-taʼmirlash ishlari yakuniga yetib, sentyabr oyidan boshlab teplovoz qatnovining yoʻlga qoʻyilishi natijasida tumanlardagi 450 ming nafardan ziyod aholini viloyat markaziga qatnashida sezilarli yengillik yaratishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring