Iqtisodiyotning bir maromda ishlashi hisobiga oʻsish kuzatildi

18:12 03 Avgust 2021 Iqtisodiyot
681 0

Prezident raisligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida birinchi yarim yillik natijalari asosida, yil oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha aniq choralar belgilab olindi.

Qayd etildiki, oʻtgan 6 oyda respublikamizda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga oʻsgan. Bunga asosan sanoat – 8,5 foiz, investitsiyalar – 5,9 foiz va xizmatlar hajmi – 8 foizga oshgani hisobiga erishildi. Inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi.

Ushbu davrda jami 200 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

— Iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlashda davlat resurslari ham hal qiluvchi omil boʻlmoqda, dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?