Interpol qidiruviga berilgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Foto: Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan ilk bor Misrdan diniy ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ekstraditsiya qilindi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtiruvchi chorasi natijasida, Interpol bosh kotibiyati tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro uchrashuvlar doirasida byurolar rahbarlari o‘rtasida rivojlangan ikki tomonlama aloqalar hamda Interpolning bevosita yordami tufayli Misr politsiyasi, jinoyatchining O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi birinchi marta amalga oshirilgan.
Mazkur shaxs islom universitetida tahsil olish maqsadida Misrga borgan va yashirin yig‘ilishlarda qatnasha boshlagan, keyinchalik esa diniy ekstremistik oqimga a’zo bo‘lgan. U yerda o‘z tarafdorlarini ko‘paytirish maqsadida fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib etib, islom diniga qiziquvchi va Qohiraga o‘qish uchun kelganlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borgan. Shu bois unga nisbatan ayb e’lon qilinib, xalqaro qidiruvga berildi.
Kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi Misrda yashiringan va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qo‘lga olingan. Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari bilan jinoyatchi Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring